Bizning mahsulotimiz rolik yoki reklama kampaniyasi emas, balki shunday kampaniyalarning jamiyatga ta'siri
Reklama — katta media vositasi, shunday ekan, nima deyishimiz va qanday gapirishimizga mas'uliyat bilan yondashamiz.
170+
amalga oshirilgan loyihalar
62
suratga olingan roliklar
4
loyihalar amalga oshirilgan O‘rta Osiya davlatlari soni
Mahsulotlar
Reklama kampaniyasi ishlab chiqish
Bosh g‘oya, brend pozitsiyalanishi, kommunikatsion strategiyaga asoslangan instrumentlar va mexanikalar yig‘indisi.
Jarayonlar:
Kreativ brif tayyorlash
Kommunikatsiyadagi trendlar va tendensiyalarni o‘rganish
Reklama kampaniyasi konseptlarini ishlab chiqish
Kampaniyani amalga oshirish uchun kerakli materiallar/fayllarni tayyorlash
Prodakshn-brif tayyorlash
Hamkorlar bilan ishlash va jarayonlarni boshqarish
yondashuv
Biz uchun mahalliylik — shunchaki shakl yoki til emas, bu — madaniyatni, uning chuqurligini, odamlar munosabatini, udumlarini tushunish.
Mahalliylik
Reklama odamlarga qanday ta'sir ko‘rsata olishini aniq tushunamiz, shuning uchun, odamlarga moliyaviy, jismoniy zarar qila oladigan, yoki odamlarni aldaydigan brendlar bilan ishlamaymiz.
Mas'uliyat
Biz o‘zimizni reklama roliklari yoki bannerlar bilan chegaralab qo‘ymaymiz, biznes-maqsadni nima hal qila olishiga tayanamiz — bu HR-instrument, distributsiya vositasi yoki digital-mahsulot bo‘lishi mumkin.