Mahalliy biznes va jamiyatni yaxshi tomonga sezilarli o‘zgartiradigan kreativ yechim topa oluvchi mas'uliyatli professionallar jamoasi.
Bizni nima birlashtiradi?
Hammamiz "rivojlanayotgan" davlatlar, viloyatlar, shaharlar va qishloqlarda tug‘ilganmiz. G‘ururlanish uchun sabab qidirib, atrofga qarasak, u yerda faqat qadimgi ajdodlarimizni, yoki qandaydir sport natijalarini ko‘ramiz, xolos. Bolalik davrimizdan "qayerlardir yaxshi, zo‘r, lekin biz yashayotgan joy bunday emas" degan paradigmada yashaganmiz.
Lokals — mavjud stereotiplarga qarshi odamlar, ularda "kichkina imkoniyatga ega kichkina odam" kompleksi borligini tushunishadi. Lekin biz o‘z kuchimizga, bizga o‘xshaydigan boshqa odamlar kuchiga ishonamiz, hamda o‘zimizni va atrofimizdagi olamni yaxshi tomonga o‘zgartirishga tayyormiz.
Bu odamlar kundan-kunga o‘z tajribalari, xatolari, aqli, shijoati va mas'uliyatini ulkan kuchga aylantirib, mahalliylik zo‘r ekanligini isbotlab kelishmoqda.
O‘z kasbini sevadigan insonlar
Lokals'dagi har bir inson o‘zi ishlayotgan brendlar uchun javob beradi. Bizning kopirayterlarimiz, art-direktorlarimiz va dizaynerlarimiz shunchaki "chiroyli" ish qilishga emas, balki mijoz biznesini rivojlanishiga va daromad topishiga yordam berishni istashadi.
Nargiz Kamalova
Mijozlar bilan ishlash direktori
10+ yillik FMCG sektoridagi marketing tajribasini mustaqil agentlikni boshqarishda ishlatadi.
Farhod Norboyev
Rivojlanish bo‘yicha direktor
Qozog‘istonning xalqaro agentliklarida ishlab, O‘zbekistonga dunyo miqyosida raqobat qila oladigan mahalliy Markaziy Osiyo agentligini yaratish uchun qaytib kelgan.
Alua Imangazieva
O‘zgarishlar bo‘yicha direktor
Lokals'ning bir qismi bo‘lish uchun Facebook'ga ishlagani bormagan. Ichki o‘zgarishlar, yangi tizimlar va agentlik hamda mijozlar biznes-jarayonlarini yaxshilash bilan shug‘ullanadi.
Irina Tyan
Moliyaviy direktor
Distributsiya biznesi sohasida ulkan tajribaga ega, O‘zbekistonning eng yirik kompaniyalarida moliyaviy va tijorat direktori lavozimida ishlagan. Bugun konsalting bilan shug‘ullanadi va Lokals moliyaviy masalalarini boshqaradi.
Shaxa Saliyev
Kreativ direktor
Texnik dizayner darajasidan kreativ direktorlik lavozimigacha yetib kelgan: barcha loyihalarda detallarga e'tibor bilan ishlaydi — yirik strategiyadan boshlab, rolikdagi har bir kadrigacha.
Yevgeniya Karpovich, PhD
Biznes-analitik
Fransiyada biznes-menejment bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, Markaziy Osiyo bozoridagi bizneslarga strategik yondashuvni joriy qilishda yordam beryapti. Bozor ulushini hisoblaydi, barcha mavjud ma'lumotlarni analiz qilib, rivojlanish uchun mos yo‘nalishlarni topa oladi.
Said Nazrillayev
Senior kopirayter
Marketing sohasiga o‘tib ketgan sobiq pedagog, jurnalist va tarjimon. Kreativ konsepsiyalar yaratadi, taqdidotlar o‘tkazishda qatnashadi, mahalliy kontekstga sho‘ng‘ib noyob insaytlar topadi.
Doniyor Mamanov
Craft-direktor
Kraft bo‘limi direktori - AQSh, Buyuk Britaniya, Latviya, Ukraina va Qozog‘iston xalqaro agentliklarida 18 yillik tajribaga ega. Kreativ va prodakshn sohalarida ekspert. Global trendlarni mahalliy loyihalarga joriy qiluvchi dizaynerlar jamoasini boshqaradi.