Uzum - Ad Diva

Integrallashgan reklama kampaniyasi
2021-2023

Muammo

So‘nggi yillarda O‘zbekiston bozorida marketpleyslar soni borgan sari oshib bormoqda — odamlar uchun bu biznes kategoriyasi bitta katta bozorga aylanib qolgan. Uzum Market ham yangi marketpleys edi, lekin uning oldida butun mamlakat bozorini zabt etish maqsadi turgani sababli, birdaniga raqobatchilar qatoridan ajralib chiqish va aholining e'tiborini tortish muhim edi.

Insayt

O‘zbekistonda ko‘ngilochar kontentni hamma sevadi, shuning uchun raqobatchilar bilan oddiy offerlar orqali emas, balki yurtimizdagi eng mashhur yo‘nalish — pop-madaniyat yo‘nalishidagi kontent bilan kurashishni niyat qildik.

Yechim

Biz O‘zbekistondagi eng mashhur, taniqli va sevimli pop-san'atkorni — xonanda Shahzodani brend yuziga aylantirdik. Uning obrazi kontentimiz asosi bo‘ldi, qo‘shiqlari esa — Uzum Market musiqaviy kreativ platformasiga aylandi. Pop-diva bilan birgalikda biz brend uchun jingl yaratdik, hamda uni bir nechta musiqaviy reklama kampaniyalari davomida ishlatdik. Ommabop kanallar yordamida biz juda katta auditoriyani qamrab oldik, hamda odamlarni ilovamizdan foydalanishga o‘rgatib, offerlarimizni jingl orqali yana, va yana, va yana yetkazib turdik.

Natija

Natijada atigi bir yil ichida Uzum Market yangi, notanish brenddan onlayn-xaridlar kategoriyasida AliExpress va hatto Instagram va Telegram do‘konlaridan ham mashhurroq kompaniyaga aylandi. Brend o‘sishda davom etmoqda — so‘nggi yarim yil davomida buyurtmalar soni 719% ga, ilova foydalanuvchilari soni esa 617% ga oshdi, buyurtmalarni tarqatish nuqtalari soni esa 260 taga yetib ulgurdi.
Креативный директор
Старший стратег
Стратег
Графический дизайнер
CG / Анимация
Копирайтер

Продакшн:
Шаха Салиев
Алуа Имангази
Азиза Муминова
Станислав Бабич
Андрей Корниенко

Саид Назриллаев

Abstract Visuals
+998 90 830 39 49
n.mansurov@lokals.uz
52А Sadik Azimov Street, Tashkent, Uzbekistan
Контакты
Свяжитесь с нами
Предыдущий кейс
платформа Payme