Texnomart - Rebrending

Branding
2021-2023
Bank va moliya tashkilotlariga bo‘lgan ishonchsizlik, afzalliklar haqida bilmaslik va qog‘ozbozlik qo‘rquvi butun boshli “muddatli to‘lovga texnika” kategoriyasi uchun ulkan to‘siq yaratmoqda. Bundan tashqari, do‘konlarning tashqi ko‘rinishi va do‘stona bo‘lmagan kommunikatsiya odamlarni bunday xizmatlardan uzoqlashtirmoqda.
Natijada, 2016-yilda 3 millionlik Toshkent aholisining faqatgina 0,5% hech bo‘lmasa bir marta muddatli to‘lovga texnika olgan.

Shuning uchun texnomart muddatli to‘lovga texnika olish jarayonini yengillashtirdi. Agar oldin televizorni muddatli to‘lovga olish uchun bir nechta hujjat bilan kelish kerak bo‘lsa, endi pasport kifoya.

Yana brend oldindan to‘lovsiz muddatli to‘lov rasmiylashtirish imkonini ham yaratdi.
.
Biz esa texnomart uchun rebrendning ishlab chiqdik va brendni o‘zbek auditoriyasi uchun osonroq o‘qiladigan qildik. Ranglarni do‘stona va zamonaviy qilib o‘zgartirdik, yulduzchani esa asteriskka aylantirib, uni kommunikatsiyaning bir qismiga aylantirdik. Shunday qilib, asterisk endi muddatli to‘lovga texnika olish qanaqa ekanligini tushuntiradigan vositaga aylandi.

Natija

Mahalliy insaytlar va kopirayt qo‘llanilgan kommunikatsiya formati trend bo‘lib ketdi va undan boshqa brendlar nusxa olishni boshladilar.
+998 97 401 12 07
n.kamalova@lokals.uz
52А Sadik Azimov Street, Tashkent, Uzbekistan
Контакты
Свяжитесь с нами
Предыдущий кейс
Texnomart - Не подарок
Следующий кейс
Texnomart - EEE-OOO