SAVR — yurtimizdagi shunchaki yangi sho‘r gazaklar turi emas, balki butun O‘zbekiston uchun gazaklarning yangi kategoriyasi hisoblanadi. Brend o‘zbek tilida yaratilgan sifatli kontent bilan bog‘liq bo‘lishni xohladi, va shu sababdan shunday kontentni qo‘llab-quvvatladi.
Yechim
Biz ijtimoiy muammolarni yuzaga chiqaradigan mashhur o‘zbek reperi KONSTA bilan hamkorlik qilib, "Jonga tegdi" treki yaratib, unda bema'ni o‘zbek kontentini tanqid qildik. Trek o‘zbek chartlarini peshqadamiga aylandi, keyin esa biz bu qo‘shiqqa atab klip oldik.
Natija
Kampaniya hozir ham davom etmoqda, natijalar borgan sari oshyapti. Auditoriya sifatli o‘zbekcha kontentni kelajakda ham qo‘llab-quvvatlab turishiga ishonamiz.