Savr - Kontent-meyker gazak

Integrallashgan reklama kampaniyasi
2021-2023

SAVR — shunchaki go‘shtli sho‘r gazak turi emas, balki gazak deganda faqat chips, qurt va pista tushuniladigan O‘zbekistonda umuman yangi kategoriya vakili.

Ha, balki SAVR brendining hududi tayindir — pivo uchun go‘shtli gazaklar. Lekin O‘zbekistonda emas, axir bizda alkogolli ichimliklarni iste'moli borgan sari pasaymoqda, ayniqsa, yoshlar orasida. Shu bilan birga o‘zbekcha kontentga bo‘lgan talab oshib boryapti, chunki yurtimizdan deyarli barcha aholi aynan o‘zbekcha fikrlaydi va gaplashadi.

Bu vaziyatda biz SAVR uchun imkoniyat ko‘rdik — "bu qanaqadir kino, blog yoki serial bilan yaxshi ketadigan go‘shtli tayoqchalar".

Lekin bitta muammo bor — O‘zbekistondagi kontentning katta qismi haddan tashqari senzura tufayli ko‘p yillar oldin rivojlanishda to‘xtagan. Bugun deyarli har bir mahalliy film, serial yoki klip: bema'ni, oldin ming marta qilingan narsa.

Demak, SAVR sifatli o‘zbekcha kontent tarafdori ekan, u shunday zo‘r kontentni iloji boricha qo‘llab-quvvatlashi va ilgari surishi kerak.

Biz o‘zbek kontent-meykerlarining yangi avlodining eng sara vakillari: SUBYEKTIV blogeri va KONSTA reperi bilan hamkorlikni boshladik.

SUBYEKTIV bilan "Ommaviy ongsizlanish" nomli katta hujjatli film oldik, unda zamonaviy o‘zbek mediasini tanqid qilib, 24 soat ichida YouTube'da 600 000+ ko‘rishlar soniga erishdik, ammo birozdan so‘ng film mahalliy TV-industriyasi arzlari tufayli vaqtinchalik o‘chirildi.

KONSTA bilan "Jonga tegdi" treki yaratib, unda bema'ni o‘zbek kontentini tanqid qildik. Trek o‘zbek chartlarini peshqadamiga aylandi, keyin esa biz bu qo‘shiqqa atab klip oldik.

Kontent bilan bir vaqtning o‘zida striming platformalarida, kinoteatrlarda va boshqa sifatli blogerlar kontentida reklama joylashtirdik. Shu bilan birga, tashqi reklama orqali auditoriya bilan muloqot qilib, ularga bir fikrni eslatib turdiik — kontent ko‘rishdan oldin SAVR oldingizmi?

Результат

Kampaniya hozir ham davom etmoqda, natijalar borgan sari oshyapti. Auditoriya sifatli o‘zbekcha kontentni kelajakda ham qo‘llab-quvvatlab turishiga ishonamiz.
Креативный директор
Старший стратег
Стратег
Графический дизайнер
CG / Анимация
Копирайтер

Продакшн:
Шаха Салиев
Алуа Имангази
Азиза Муминова
Станислав Бабич
Андрей Корниенко

Саид Назриллаев

Abstract Visuals
+998 90 830 39 49
n.mansurov@lokals.uz
52А Sadik Azimov Street, Tashkent, Uzbekistan
Контакты
Свяжитесь с нами
Предыдущий кейс
Savr - Jonga Tegdi (Клип)
Следующий кейс
Pepsi - Ramazan