Pricelist
Lokals Marketing
Reklama kampaniyasi
Mahsulot, brend va xizmatni samarali targ‘ib qilishga mo‘ljallangan va ko‘plab aloqa kanallariga yoyilgan masshtablanuvchi g‘oyani yaratish.
Qamrov va taktik vositalar to‘plamini o‘z ichiga oladi.
(2 ta konsept taqdim etiladi).
Hype-project
Kuchli infosabab va maxsus loyiha atrofida qurilgan o‘z ichiga olgan kichik kampaniya.
Asosiy aloqa kanalini qo‘llab-quvvatlash uchun ikki-uchta qo‘shimcha aloqa vositasi olib boriladi.
Bu quyidagilar bo‘lishi mumkin:
- Brend haqida ma'lumotni oshirishga qaratilgan PR-loyiha;
- Lidlar va sotuvni oshirishga qaratilgan taktik yechim;
- Brend imijini mustahkamlovchi ESG yoki ijtimoiy initsiativa;
Workshop
Brend jamoasi uchun strategik va kreativ metodikalarda mahalliy va xorijiy mutaxassislar bilan interaktiv trening o‘tkazish.
Vorkshop orqali umumiy maqsadni ifodalash, insayt, g‘oyalar va xabarlarni aniqlash, auditoriyani yaxshiroq tushunish, o‘sish nuqtasini topish hamda brend jamoasini kuchaytirish mumkin.
* Vorkshop narxi ishtirokchilar soni va tanlangan spikerga bog‘liq.
RK amalga oshirish (supervayzing)
Kampaniya, loyiha, g‘oya va rolikni amalga oshirishni nazorat qilish.
Agentlik jamoasi brif tuzish va ijrochilarni tanlash jarayonidan tortib, jamoalarni koordinatsiya qilish va yakuniy materiallarni topshirishgacha nazorat qiladi.
(foiz loyihani amalga oshirish narxiga qarab belgilanadi)
Brend-strategiya
Brendlarga o‘z yo‘nalishini topish, aniq tizimni shakllantirish, o‘sish va raqobatchilardan farqlanishda yordam beradigan harakatlar rejasi.
Kabinet tadqiqoti, maqsadlar, qadriyatlar, auditoriya, brend xarakteri va uning xabarini o‘z ichiga oladi.
Kommunikatsion strategiya
Brend kommunikatsiyasi uchun uzoq muddatli, tushunarli va samarali reja tuzish.
Bozor tadqiqoti, maqsadlarni belgilash, kanallar va auditoriyani aniqlash, kampaniyalar uchun xabarlar, shuningdek, taktik amallarni o‘z ichiga oladi.
Brending/ qadoq dizayni
Brend, sab-brend va xizmatning vizual identifikatsiyasini yaratish.
Logotip, qadoq, firma elementi, shrift va brend ranglarini tanlashni o‘z ichiga oladi.
(2 ta variant taqdim etiladi)
Gaydbuk + materiallar
Brendning barcha vizual elementlari, mantiqi va qo‘llanish qoidalarini yoritib beruvchi hujjat.
Brendning barcha materiallarini bir xil tashqi ko‘rinishini ta’minlovchi qo‘llanma.