Payme -
Global Uzbek Card

Integrallashgan reklama kampaniyasi
2021-2023
  • Payme moliyaviy mobil ilovasi VISA xalqaro to‘lov tizimi bilan birgalikda yangi mahsulotni — ilova ichidagi VISA virtual kartasini bozorga chiqardi. Muammo shunda ediki, deyarli har bir moliyaviy ilova o‘z foydalanuvchilariga virtual VISA kartasini taklif qilar edi. Bu mahsulot shunchalik oddiy va ko‘p uchraydigan bo‘lib qoldi-ki, hech kimni hayron qoldira olmasdi. Shuning uchun, biz barcha e'tiborimizni mahsulotning o‘ziga emas, balki uni O‘zbekistonliklarga qanday taqdim etish mumkinligiga qaratdik.

  • Yechim

    Natijada biz katta, xalqaro brendni — mahalliy, o‘zimizniki qilib, VISA kartalarini faqat O‘zbekistonliklar tushuna oladigan shaklga keltirdik. Buning uchun biz keng qamrovli so‘rovnoma o‘tkazdik, hamda O‘zbekistonliklar nimani o‘ziga yaqin, qadrdon deb bilishlarini aniqladik. Olingan javoblar asosida yangi Payme VISA virtual kartalari dizaynini ishlab chiqdik.

  • Natija

    Lekin bu hali hammasi emas! Dizayn odamlarga shunchalik yoqdiki, kartalardan tashqariga chiqib, haqiqiy O‘zbekistonga bag‘ishlangan brend merchiga va smartfon orqa foni rasmlariga aylandi.

+998 90 830 39 49
new@lokals.uz
52А Sadik Azimov Street, Tashkent, Uzbekistan
+7 707 835 20 28
info@lokals.kz
г. Алматы, ул. Ботанический Сад, 22

Контакты Казахстан:

Контакты Узбекистан:

Свяжитесь с нами