Payme — Platforma

Payme — fintech bozorida raqobatchilardan mahsuloti bilan farq qilmaydigan brendlardan biri. Har bir mobil ilovani afzalliklari va imkoniyatlari bir xil.
Integrallashgan reklama kampaniyasi
2021-2023

Vaziyat

Odamlar odatda bunday ilovalardan o‘zlarining va yaqinlarining kundalik ishlarini hal qilish uchun foydalanishadi. Ularga qulaylik, tezlik va ishonchlilik muhim, shu xislatlar haqida brendlarning o‘zi ham gapiradi. Lekin har bir brend bu gapni har xil yo‘l bilan aytadi: kimdir dangal, boshqalar esa kreativroq usulda.

Lekin aslida, har kunlik muammolarini hal qilish bilan ovora bo‘lgan insonlarga brend nima deyishi uncha muhim emas, ular uchun mobil ilova — shunchaki bir instrument.

G‘oya

Agar foydalanuvchilar uchun Payme — shunchaki instrument bo‘lsa, brend o‘z rolini tushunib, insonlarga quloq tutib, ularni har qanday vaziyatda va real hayotdagi hodisalarda qo‘llab quvvatlashi haqida gapiradi.

Yechim

Biz "Hayotiy yechimlar" platformasini yaratib, har bir inson kuniga qanchalik ko‘p yechimlarni amalga oshirishi, va har bir shunday yechim Payme uchun qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatdik: shuning uchun ham brend xizmatini tezroq, xavfsizroq va ishonchliroq qilishga intiladi, shunda har bir foydalanuvchi istalgan yechimini bemalol amalga oshirishi mumkin.

Natija

Biz shunchaki slogan emas, deskriptor ishlab chiqdik: odamlar bizning brendni kundalik vazifalarga yechim sifatida qarashlarini ta'minlash maqsadida.

Manifest rolikida esa biz har bir inson har kuni ko‘plab yechimlar qabul qilishi, va buu yechimlar qanchalik katta va kichik bo‘lmasin, insonlar va Payme uchun birdek muhim ekanligi haqida so‘zlab berdik.
+998 97 401 12 07
n.kamalova@lokals.uz
52А Sadik Azimov Street, Tashkent, Uzbekistan
Контакты
Свяжитесь с нами
Предыдущий кейс
Следующий кейс
Uzum - Ad Diva