Barcha keyslar

Kuningizni yangilang!

Sokli ichimliklarning yangi brendini ishga tushirdik!

Mijoz
Natural Juice
Kategoriya
Reklama kampaniyalari
Bozor
Uzbekistan
Lokals mahsuloti
Kreativ platforma, reklama kampaniyasi
Miqyos
1 mamlakat - O‘zbekiston, 12 ta shahar qamrovi, 2 ta mahsulot kategoriyasi, 8+ SKU turi
Yil
2025

01 / QANDAY KO'RINDI

Materiallar galereyasi

02 / BIZNES MUAMMO

Mijoz qanday biznes muammo bilan keldi

Muzy sokli ichimliklari va sovuq choylarining yangi turkumi uchun start kampaniyasini ishlab chiqish. Asosiy maqsad — axborot shovqinni yorib o‘tish, e’tiborni yangilikka qaratish, sinov xaridlarini rag‘batlantirish va yuqori raqobatli ichimliklar bozorida yosh auditoriya uchun sezilarli va ahamiyatli brendga aylanish edi.

Biznes og'riqlari:

  • global va mahalliy o‘yinchilar ustunlik qilayotgan soklar va choylar bozoriga noma’lum mahsulotni muvaffaqiyatli olib chiqish.
  • brendning vizual va verbal tilini yosh auditoriyaning kundalik hayoti va kontentining tabiiy qismiga aylantirish.

03 / YECHIM

Taklif etilgan yondashuv

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, maqsadli auditoriyaning asosiy qismi (Gen Z) yaqqol namoyon bo‘luvchi o‘zgaruvchilar, ular hozirgi kun bilan yashaydilar va bir brendga umuman bog‘lanib qolmaydilar. Ular kontentdan tortib taomgacha bo‘lgan hamma narsada doimiy xilma-xillik va yangi taassurotlarga chanqoq. Shu insaytga tayangan holda, biz Muzy’ni yangi taassurotlar ambassadori va “har kunlik ichimlik” sifatida pozitsiyaladik. Keng ta’m turkumi esa har kungi eksperimentlar uchun sababga aylandi. Startni keng qamrovli omnikanal kampaniya orqali amalga oshirdik: e’tiborni tortish uchun tizerdan boshladik, keyin esa yorqin reveal(taqdimot) chiqardik va mahsulotning turli ta’mlarini yoshlarning real hayot turmush tarziga tabiiy integratsiya qildik. Uzoq muddatli e’tiborni ushlab turish va takroriy xaridlarni rag‘batlantirish uchun har bir alohida ta’mning o‘ziga xos xarakterini ochib beradigan taktik digital faolliklar seriyasini ishga tushirdik.

Lokals jamoasi

Шаха Салиев

Kreativ direktor

Шаха Салиев

Евгения Карпович

Strateg

Евгения Карпович

Евгения Цой

Project Manager

Евгения Цой

Тимофей Поздеев

Kopirayter

Тимофей Поздеев

Сергей Алексанин

Art-direktor

Сергей Алексанин

Андрей Корниенко

CG mutaxassisi

Андрей Корниенко

Hamkorlar

SHOOM prod

Video production

Loyihangizni muhokama qilishga tayyormisiz?