Biz mijoz byudjetini tejab, oddiy narsalarga ham boshqacha nazar bilan qaraydigan, samarali marketing kampaniyarlarini ishlab chiqadigan mustaqil marketing agentligimiz.
Biz eng samarali va dolzarb yechimlar taklif qiladigan, o‘z yondashuvi, jamoasi, va mahsulotlarini doimiy rivojlantirib boradigan, o‘zini bugungi kun bilan cheklab qo‘ymaydigan mustaqil kreativ agentlikmiz.
Birinchi navbatda biz strategiya bilan ishlaymiz va mijozning biznes muammolarini yechamiz: biznesga chuqur sho‘ng‘ib, izlanishlar o‘tkazamiz, ma’lumotlarni analiz qilamiz. Faqat shulardan keyingina kreativ yaratib, uni turli kanallarga, jumladan reklama kampaniyalari, digita kampaniyalar, videoroliklar, ooh, trade kabilarga moslashtiramiz.
Red Jolbors festivali natijalariga ko‘ra 2 karra O‘rta Osiyoning yil agentligi, 3 karra gran-pri sohibi.
TAF festivali natijalariga ko‘ra 2020-yil agentligi.
2019-yilda mijozimiz Texnomart Not a Gift keysi bilan Red Jolbors festivalining yil mijozi bo‘ldi.
2020-yilda mijozimiz Asl Baraka Mehnatsevar keysi bilan Red Jolbors festivalining yil mijozi bo‘ldi.
2019-yilda mijozimiz — Sergeli tumani hokimligi “Made in Sergeli” keysi bilan Red Jolbors festivalida gran-pri sohibi bo‘ldi.