💫 Lokals Marketing agentligi xodimlar safini kengaytiryapti: biz doimiy sifatli mijozlar oqimini yarata oladigan Yangi Biznes Menejerini izlayapmiz!
Biz kimmiz?
Lokals Marketing — bu insonlarni hurmat qiladigan marketing va kreativ yaratuvchi mas'uliyatli professionallar jamoasidir.
Vakansiya ta'rifi
Yangi Biznes menejeri — bu tadbirkordek fikrlay oladigan mutaxassis. Siz yangi mijozlarga ularning maqsadlariga yetishda va agentlik bilan ishlashdagi qiymatni ko‘ra olishda yordam berasiz, haqiqiy og‘riqlar va so‘rovlarni birdaniga payqay olasiz — hattoki mijoz ularni yetarlicha aniq ta’riflab ulgurmagan bo‘lsa ham — keyin esa bunday so‘rovlarni Lokals Marketing mahsulotlari orqali tushunarli va samarali yechimlarga aylantirasiz.
Siz mijozning birlamchi vazifasini analiz qilish va mijozni qoniqtirib, ishning keyingi bosqichiga o‘tish imkonini beradigan takliflarni shakllantirasiz. Hattoki ayrim bosqichlarni boshqalarga topshirgan taqdiringizda ham, so‘rovni to‘g‘ri tushunilganligi, taklifning mantiqiy aniqligi va keyingi qadamlar bo‘yicha mas’uliyat sizning bo‘yningizda bo‘ladi.
Lokals Marketing jamoasidagi har bir vakil kabi siz ham strateg bo‘la olishingiz kerak, bu degani, siz shunchaki kelishuv yoki sotuvni emas, balki uzoq muddatli hamkorlikni ko‘zlab ish yuritasiz.
Siz CSD (Mijozlarga xizmat ko‘rsatish direktori) qo‘l ostida ishlaysiz.
🔎 Biz kimni izlayapmiz?
Bizning mukammal xodim — biznes egasidek fikrlaydigan tashabbuskor professional, u noaniq so‘rovlarni tushunarli vazifalarga aylantira oladi va natija uchun mas’uliyat olishga tayyor. Bizga muhim:
Yangi mijozlardan kelayotgan so‘rovlarni qayta ishlash, o‘z vaqtida to‘g‘ri xulosa topa olish va maqsad, shakl, hajm va ish mantig‘i bo‘yicha kutilmalarni tenglashtirish.
Mijozning haqiqiy vazifasiga javob beradigan va hamkorlikning qiymatini aniq tushuntiradigan dolzarb taklifni shakllantirish.
Faqat malakali mijozlarni ishga topshirish — yechimning mazmuni va mantiqini yo‘qotmasdan.
Shaffof va boshqariladigan voronkani yuritish: CRMda arizalarni qayd etish, ko‘rsatkichlarni kuzatish va ulardan tahlil hamda boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun foydalanish.
Tajriba:
Kamida 2 yil sotuvlarda / yangi biznesda / akkaunt-menejmentda tajriba, bu tajriba marketing agentligida yoki xizmat ko‘rsatish sohasida bo‘lsa bundan ham yaxshi. Siz O‘zbekiston bozorini tushunasiz, mentalitetimiz va biznes-kontekstdan xabardorsiz. Eshita olasiz, to‘g‘ri savollar bera olasiz va mijozning og‘rig‘ini agentlik mahsulotlari tiliga o‘gira olasiz.
🤍 Biz nimani taklif qilamiz?
Toshkent markazidagi ajoyib ofis
5/2, 10 dan 6 gacha ish
Kompaniya hisobidan tushliklar
Doimiy o‘sish va ta’lim
Gibrid yoki masofaviy ish imkoniyati
10 million so‘mdan oylik, 2 oy sinov muddati
💬 Arizani qanday qoldirsam bo‘ladi?
Agar vakansiyamiz ta’rifida o‘zingizni tanigan bo‘lsangiz, quyidagi pochtaga rezyumeingizni va “Nimaga sizga Lokals jamoasining bir qismi bo‘lish qiziq?” degan savolga batafsil javob yozib yuboring: f.norbaev@lokals.uz
Xat mavzusida “Lokals’da NewBiz bo‘lmoqchiman!” deb yozib keting
Bizga mos insonlar bilan albatta bog‘lanamiz. Javob 5 kungacha kelishi mumkin.