Vazifa: Atrofimizda juda ko‘p foydali kasblar bor: santexniklar, elektriklar, payvandchilar... shu bilan birga, "nufuzli" kasblar ham bor: programmistlar, dizaynerlar, menejerlar.
Biz foydali, lekin odamlar nazarida nufuzli bo‘lmagan kasblarga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirmoqchimiz. Santexnik yoki elektrik bo‘lish — zo‘r degan fikrni ilgari surishimiz kerak.
Nima qilish kerak:
G‘oyaning vizual konseptini yaratish — bu g‘oya tashqi bannerlarda, posterlarda, merchlarda qanday yetkazlishi mumkinligini ko‘rsating. Xohlasangiz, boshqa vizual kanallarni ishlating, asosiysi, g‘oyani vizual nuqtai nazaridan ochib bering, u odamlarga tushunarli va ta'sirli bo‘lsin.
Muhim! Bularning barchasini Google Docs'dagi taqdimot shaklida sh.saliev@lokals.uz pochtasiga yuborish kerak. Taqdimotni oxirida kontaktlaringizni yozib qoldirishni unutmang.