Новости Уз
2025-12-23 18:52

SSSR reklamalar

Zamonaviy O‘zbekiston tarixida juda ko‘p «klassik» reklamalar bor — «Kango qani, Kango?» kabilardan tortib, o‘sha mashhur Nexia reklamasigacha.

Lekin ulardan ham oldin, O‘zSSR davrlarida yurtimizda reklama allaqachon bo‘lgan. Masalan, tepadagi reklama roliki 1986-1989-yillar oralig‘ida ekranlarga chiqarilgan.

Hatto hozir ham raqsga undaydigan musiqani esa Buxorolik rok-guruhi ijro etgan.

Hozir bozorimizda deyarli «o‘lik» print formati, SSSR davrida ancha mashhur edi. Bunga misol — kalishlar reklamasiga bag‘ishlangan poster.

Ha, aytgancha, xronometraj bo‘yicha ham hech qanday xavotirlar bo‘lmagan: chet ellliklar reklama roliklari 30-soniyadan chiqmasligiga harakat qilib kuyib-pishib yurishgan bir paytda, bizda roliklar bemalol 2-3 daqiqalab ketavergan.

Hattoki «product placement» ham bo‘lgan — «Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi» filmidan olingan kadr buning isboti.

Xo‘sh, siz qanday qadimgi reklamalarni eslaysiz? Izohlar qoldiring, gaplashamiz.