Dorco — xalqaro ustara ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, u sohaning yetakchisi hisoblanadi va allaqachon O‘zbekiston do‘konlarida sotilib kelmoqda. Ammo brend haqida kamchilik bilgani tufayli, uni xaridlar soni ham uncha ko‘p emas.
Bizning maqsadimiz Dorco haqida aholiga aytib berish va mahsulotni sotuvini oshirib berish edi.
Bu maqsadga erishish uchun biz brendning O‘zbekistondagi vakillari va Koreyadagi jamoa bilan birgalikda ish olib bordik va quyidagilarni ishlab chiqdik:
- 2022-yil uchun barcha marketing faolliklari
- faolliklar bo‘yicha byudjet taqsimi
- raqobatchilar kommunikatsiyasini, insaytlarni va auditoriyani o‘rganish
- brendning xalqaro kommunikatsiyasini O‘zbekiston bozoriga moslashtirdik
- auditoriyaga qiziq bo‘ladigan mahsulot afzalligini ishlab chiqdik
- kerakli kommunikatsion kanallarni aniqladik va ular uchun zarur kreativ mexanikalarini ishlab chiqdik
- ishlangan mexanikalarni amalga oshirdik
- materiallarni ishlab chiqishda hamrohlik qildik