Новости Уз

Surxondaryo

Faraz qiling — bir turist oldingizga kelib, «O‘zbekistonning qayerlariga borishim shart?» deb savol bersa, nima deysiz?

Katta ehtimol bilan Samarqand, Buxoro va Xiva yodingizga tushsa ajab emas. Albatta, bu xato javoblar emas.

Lekin bugun e’tiboringizga yurtimizning boshqa bir sehrli o‘lkasini taqdim qilgimiz keldi. Tanishing — Surxondaryo.

Bu zaminga o‘tgan yili katta jamoa bo‘lib sayohat qilganmiz. O‘lkaning tarixi, diniy yodgorliklari va tabiati haqida katta loyiha ustida ishlab, Surxondaryoga rasman «turistik hudud» unvoni berilishi uchun mehnatimiz singgan.

Darband, Boysun, Xo‘jaikon va Fayoztepa kabi g‘aroyib makonlarni bir ko‘rsangiz unutish qiyin — siz ham bu o‘zgacha viloyat haqida ko‘proq ma’lumot olishingiz uchun bir nechta hujjatli filmlar ishladik.

Ularni tomosha qiling, ulashing va O‘zbekistonga qiziqqan chet ellik do‘stlaringizga ham yuborib qo‘ying.

Vatanni sevadigan kreatorlar va strateglar hech qachon kam bo‘lmaydi, nima deysiz? 💚